Har yili dunyoda 14 noyabr – Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Bundan ko‘zlangan maqsad kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha tibbiy-profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, aholining bu boradagi bilim va madaniyatini oshirish, kasallikni aniqlash va davolash samaradorligini oshirishdir.
Qandli diabet yurtimiz aholisi orasida keng tarqalgan kasalliklardan biri. Ushbu kasallikning oldini olish va davolash borasida respublikamizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi jamoasi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida davolanayotgan bolalardan xabar olishdi.
– O‘g‘limni har yili davolatib kelaman, – deydi ota-onalardan biri. – Inson o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lib, shifokorlarga tez-tez murojaat qilib, vaqtida davolanib tursa, har qanday kasallikdan butunlay sog‘ayish imkoniyati bor. Bugun bolajonlarni yo‘qlab kelgan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi jamoasiga minnatdorchilik bildiraman.
Tadbir davomida bolajonlarga shodlik ulashish maqsadida turli o‘yinchoqlar sovg‘a qilindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri