Nukus  shahar  sanitariya-epidemologiya  oshoyishtalik  va  jamoat  salomatligi  bo’limi tomonidan aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy madaniyatni oshirish va kasalliklarni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, nukus shahrida 2023 yil davomida emlashga rejalashtirilgan itlar soni 14340 ta bo’lib, shundan oktyabr oyigacha 7242 ta it emlandi.

–  Shuningdek,  Nukus  shahrida  10  oy  mobaynida  turli  hayvonlar  tishlashidan  aziyat chekkan insonlar soni 1085 ta bo’lib, shundan 674 (62%) nafari bolalardir, -deydi nukus shahar sanitariya-epidemologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi hodimi G.Qurbonova.

Hayvonlardan aziyat chekkanlarning  839 nafarini it,  224  nafarini  mushuk,  2  nafarini  tipratikan, 15 nafari kemiruvchilar  1 nafarini chiya bo’ri va qolgan 6 nafari boshqa turdagi hayvonlar tishlashidan aziyat chekkan. Jabrlanganlarning 792 (73%) nafari uy hayvonlari 293 (27%) daydi hayvonlardan aziyat chekkan.

Nukus  shahri  3-sonli  oilaviy  palikilinikada  quturish-etiologiyasi  epidimiologiyasi profilaktikasi  mavzusida  uchrashuv  o’tkazildi. Unda  qatnashuvchilarga  bu  kasallik atroflicha tushuntirilib har biriga ko’rgazmali axborot materiallari tarqatildi.   Joriy yil davomida 5000  mingdan  ziyod  insonlarga  quturish  kasalligi  haqida  tushuntirish  ishlari  olib  borildi, mahalliy radiolarda 2 marta eshittirish tayyorlandi  telekanallarda  3 marta chiqish qilindi, 4000 ga yaqin eslatma qog’ozlar bevosita aholiga tarqatildi.

Ma’lumot uchun, quturish  kasalligi—  quturish  virusi  (Rabies  virus)  qo’zg’atadigan  virusli  kasallik,  issiqqon hayvonlar va odamlarda uchraydi. Odamga kasallangan hayvonlar tishlaganda yoki tirnaganda ularning  so’lagi  orqali  yuqadi.  Virus  yuqganda  markaziy  asab  tizimining  og’ir  progressiv shikastlanishi  kuzatiladi.

Virus  shikastlangan  teri  orqali  asab  oxirlari  tomon  harakatlanadi  va  ular  orqa  miya  orqali boshmiyaga  tarqaladi.  Kasallik  insonlar  uchun  halokatli  hisoblanadi  va  kasallikni  faqatgina favqulodda  emlash  bilan  oldini  olish  mumkin.


Jahon  sog’liqni  saqlash  tashkiloti  ma’lumotlariga  ko’ra,  har  yili  59  000  kishi  quturish kasalligidan  vafot  etadi.  Ularning  99  foizi  quturgan it  tishlashi  natijasida  kasallangan. Biroq, hayvonlar  va  insonlar  uchun  vaktsina  mavjudligi  quturish  hollarda  o’lim  ko’rsatkichlarining kamayishiga olib keldi.

Zafar Azimov,

Jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi .

Qoraqalpog‘iston axborot agentligi