Bahraynning Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi o‘tkazildi. Unda milliy terma jamoamiz a’zosi Guliston Perdiboyeva oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa davomida G.Perdiboyeva yarim final jangida bolgariyalik Milanova Kristinani 15:8 hisobi bilan yengib, final bosqichida avstraliyalik Vasileva Veronikani 15:10 da mag‘lub etdi.
Shuningdek, terma jamoamizning yana bir a’zosi Xerrera Lara Luiza Fernanda ham ushbu musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA