“2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, 2024 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 270,3 trillion so‘m, xarajatlari esa 279,6 trillion so‘m miqdorida belgilanmoqda.
2024 yil uchun yalpi ichki mahsulot 1 kvadrium 301 trillion so‘mni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda. Mazkur yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish surati prognozi esa 5,6-5,8 foizni tashkil qiladi. Ushbu qonun 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Qayd etilishicha, konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdorini yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida belgilash taklif qilinmoqda.
Byudjet taqchilligining yuqori chegarasi 52,5 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilanmoqda.
2024 yil uchun yalpi ichki mahsulot 1 kvadrium 301 trillion so‘mni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda. YAIM o‘sish sur’ati prognozi – 5,6-5,8 foiz.
O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5 milliard dollar etib belgilash taklif qilinmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA