FOTOREPORTAJ

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, ichki ishlar organlari sohasini isloh qilish, uning faoliyati samaradorligini oshirish, soha xodimlari uchun qulay mehnat sharoitini yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu bo‘yicha qabul qilingan qator farmon va qarorlar soha xodimlaridan yangicha fikrlashni, xalqimiz va ona Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishni talab etadi.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 22 apreldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlarining kuchlarini boshqarishning yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori asosida vazirlikning yo‘l-patrul va patrul-post xizmatiga yangi shtat birliklari ajratildi, ichki ishlar bo‘limlarida bosqichma-bosqich kapital ta’mirlash va qayta qurish ishlarini olib borish belgilandi.

Tadbirda ichki ishlar organlaridagi samarali mehnati, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari unvon va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A. Orinbayev ishtirok etdi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA