O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Kann kinofestivali doirasida tashkil etilgan milliy pavilonda o‘zbek delegatsiyasi yangi kelishuvlarga erishishda davom etmoqda.
Butun dunyo kinematograflari va kinobozorini bir yerga to‘plagan Kann xalqaro festivalining eng qizg‘in pallasiga kelgan bir davrda O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning “Renovatsio” kinokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.
Memorandumga muvofiq 2018 yilda rossiyalik kinoijodkorlar o‘zbek hamkasblari bilan birga O‘zbekistonda “Xo‘ja Nasriddin” filmining suratga olish ishlari boshlanadi.
“Renovatsio” kinokompaniyasi prodyuseri Georgiy Malkovning ta’kidlashicha, rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan mazkur filmda rol ijro etish uchun super yulduz Jan Reno ham taklif etilgan. Jan Reno tomonidan mazkur taklif ijobiy qabul qilingan.
“Xo‘ja Nasriddin” loyihasida ijodiy va texnik guruhning yarmini o‘zbekistonlik mutaxassislar tashkil etadi.
Loyihaningishga tushirilishi o‘zbekistonlik mutaxassislarning ish bilan ta’minlanishi, o‘zaro tajriba almashishi, shuningdek mamlakatimizga xorijiy investitsiyaning jalb etilishiga yordam beradi.