O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Ushbu qaror bilan

  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari;
  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi;
  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari;
  • Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
  • O‘limni qayd qilish bilan bog‘lik kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) gerb yig‘imi bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida undiriladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxiv ma’lumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yig‘imi undirilmaydi.

O‘zA