Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 1 noyabrdan boshlab AI-80 benzin narxining oshishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ bu xabarlarni asossiz deb biladi va Jamiyat tasarrufidagi UNG Petro AYOQSHlarida narxlar eski belgilangan tartibda amalga oshirilishini ma’lum qiladi, deya xabar qildi “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

 

O‘zA