O‘zbekiston delegatsiyasi Angliyaning “Amadeus Enertainment” va Hindistonning IIFTC kompaniyalari bilan memorandum imzoladi

12 may kuni Kann xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilgan o‘zbek pavilonida Angliya, Argentina, Hindiston, Rossiya, Ispaniya mamlakatlarining yirik kinokompaniyalari va boshqa tashkilotlari vakillari bilan olib borilgan muzokarlar natijasida kelgusidagi loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim kelishuvlarga erishildi.

Xususan, Angliyaning “Amadeus Entertainment” kompaniyasi bosh direktori Ivo Fiorenza bilan o‘zbek milliy filmlarini jaxon kinobozoriga olib chiqishga ko‘maklashish to‘g‘risida, Xindistonning India International Film Tourism Conclave (IIFTC) kompaniyasi direktori Harshad Bhagvat bilan O‘zbekistonda knoturizmni rivojlantirish, o‘zbek kino komissiyasini xalqaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Yuqoridagi kelishuvchilar mamlakatimizning boy lokatsiya imkoniyatlarini jahon kino xamjamiyatiga e’tiboriga yetkazish va bu orqali O‘zbekistonga filmlar suratga olinishi uchun xorijiy kinokompaniyalarni keng jalb etishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan Kann xalqaro festivalida tashkil etilgan milliy paviloni o‘z ishini davom ettiradi.

 

Mahfuza Ortiqova, O‘zA