Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi: barqarorlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish” mavzusiga bag‘ishlangan tadbirda bevosita ishtirok etayotgan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Yashil Markaziy Osiyo” dasturi rahbari Karolina Milov yig‘ilganlarga yuzlanar ekan, jumladan shunday dedi:

– Aynan O‘zbekiston Prezidentining pragmatik mintaqaviy siyosati Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan ko‘pgina to‘siqlarni bartaraf etish imkonini berdi. Uning Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlash, Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda faol yordam berishga qaratilgan sa’y-harakatlari, ayniqsa, e’tiborga molik. Ishonchim komilki, O‘zbekiston rahbarining afg‘on xalqiga zarur yordamni ko‘rsatishni davom ettirish, Termiz shahrida insonparvarlik yordami uchun xalqaro xab tashkil etish va afg‘onlarni o‘qitishni davom ettirish niyati haqidagi bayonotini xalqaro hamjamiyat yuksak e’tirof bilan qabul qildi. Shuningdek, Afg‘oniston tomoni bilan chegara xavfsizligi, suvdan foydalanish va savdoni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muloqot muhimligiga e’tibor qaratildi.

O‘.Alimov, O‘zA