Qatar axborot agentligi – “QNA” xabar berishicha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi doirasida Nyu-Yorkda Qatar Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurrahmon bin Jassim Ol Soniy mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka oid masalalar va tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzular muhokama qilingan.