Saudiya Arabistoni axborot agentligi – “SPA” Nyu-York shahrida Podshohlikning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy delegatsiyasi qarorgohida tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon bin Abdulloh O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov bilan uchrashgani haqidagi xabarni e’lon qildi.

Axborotda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi arafasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabat, turli sohalarda hamkorlikni mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqilgani yoritilgan. Shuningdek, eng dolzarb xalqaro muammolar bo‘yicha birgalikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan sa’y-harakatlar muhokama qilingani tilga olingan.

Uchrashuvda Saudiyaning Nyu-Yorkdagi, BMTdagi doimiy vakili doktor Abdulaziz Al-Vasil va TIV devonxonasi bosh direktori Abdulrahmon Ad-Doud ham ishtirok etgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA