Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

Eron Islom Respublikasi axborot agentligi – “IRNA” O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlarining onlayn uchrashuviga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi.

Muallif mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning hamkasbi Husayn Amir Abdullohiyon bilan o‘tkazgan muloqoti chog‘ida o‘zaro hamkorlikning siyosat, iqtisodiy diplomatiya kabi turli jabhalari muhokama qilinganini yozgan.

Uchrashuv yakunida vazirliklar o‘rtasidagi munosabatni yanada rivojlantirishga qaratilgan va birgalikda hal etilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar belgilangan “Yo‘l xaritasi” imzolangani ta’kidlangan.

B.Saidov Eron tashqi siyosat idorasi rahbarini shu yil noyabr oyida yurtimizda bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun taklif qilgan. O‘z navbatida Husayn Amir Abdullohiyon taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgani urg‘ulangan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA