“Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida estakadaga kirish yo‘l belgilari yangilanishi munosabati bilan vaqtincha yopildi. Harakat joriy yil 28 avgust kuni 18:00 ga qadar tiklanishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozimki, taksilar, sayyohlik avtobuslari va chet el delegatsiyalarining transporti uchun estakadada harakatlanishga ruxsat etiladi.

Estakada bo‘ylab terminalga o‘tish qoidalari quyidagicha:  

– estakadaning o‘ng tomondagi chizig‘i sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun, chap tomondagi chizig‘i esa taksilar uchun mo‘ljallangan;

– taksilar uchun estakadada yo‘lovchilarni olish/tushirish vaqti 5 daqiqadan, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqadan oshmasligi kerak;

– estakadaning o‘ng va chap chiziqlarini ajratib turadigan sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va jarima to‘lanishini nazarda tutadigan qoidabuzarlik hisoblanadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA