O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlar asosida sudyalar korpusida yangilanishlar amalga oshirildi.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Shukurlayeva Guli Yusupovna — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi;
Mamayusupov Jasurbek Bahodirovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Jumaboyev Lutfulla Tolliboyevich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Hushvaqov Azamat Ibragimovich— sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
Uralov Bekzod Majitovich — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Hamidov Sherali Zaripovich — sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati Qorako‘l tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
Jumayev Bekzod Abduvohidovich — sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyati Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Bahronov Faxriddin Fayzullayevich — sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyati Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek:
Madaminov Alisher Abduhamidovich — sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi.
***
Bir guruh bitiruvchilar ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi
Sudyalar kengashi qarori bilan 29 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi. Jumladan:
Latipov Zafar Hasanovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudining sudyasi lavozimiga;
Aliyarov Rahmat Roziqovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Muhammadaminov Jamshidbek Baxtiyorovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tumani sudining sudyasi lavozimiga;
Quvataliyev Azamat Kimsanboyevich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudining sudyasi lavozimiga;
Odilov Azizbek Aribjonovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tumani sudining sudyasi lavozimiga;
Ismoilov Tohirjon Ibragimovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Halimova Jamila Yovqochdiyevna — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Alimjanov Rustam Irisdavlatovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Yuldashov Alisher Olimovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Azimova Dildora Meliqo‘ziyevna — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Rahmatov Abror Aliyevich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Husainova Ra’no Abdiholiqovna — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Esonov Humoyun Abdurashitovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Ahmedova Dilfuza Muzaffarovna— sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Ramazanov Sayfillo Narzilloyevich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Isayeva Dilnoza Zamirovna — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Panjiyev Sulaymon Abdunazarovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Yuldashev Mamadjon Ilxomovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Jizzax viloyati Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Mamayusupov Mars Nurmametovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati Denov tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Mahmudova Saida Rayimjonovna— sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Mirov Farhodjon Hoshimjonovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Sa’dullayev Hamidullo Xayrullayevich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Navoiy viloyati Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Fayziyev A’zam Azamatovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Samarqand viloyati Samarqand shahar iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Omonov Umidjon Olimjonovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Karajanov Ansatbay Jumabayevich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Jizzax viloyati Jizzax tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Nomozov Nuriddin Shog‘dorovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Jo‘rayev Dilmurod Muxtorovich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati Termiz tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Hakimov Oybek Sa’dullayevich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Davletov Artur Jumaboyevich — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, yana ikki nafar nomzod bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga (B.Aymuratovni – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumani sudining sudyasi lavozimiga; A.Uspanovni – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha Chimboy tumani sudining raisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida) taqdimnoma kiritildi.
***
Bundan tashqari, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi N. Abdurahmonova, Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi X. Nomanov va Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining sudyasi D. Nosirov yozma arizalari hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganliklari uchun;
Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining sudyasi M. Komilova yozma arizasiga binoan egallab turgan lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
O‘zA