Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn savdo yuritish va mahsulot xarid qilish juda qulay bo‘lib qoldi. Bu orqali siz o‘zingizga yoqqan tovarni kurer yordamida osongina qo‘lga kiritishingiz mumkin. Ammo ijtimoiy tarmoqlardagi barcha savdo platformalari ham ishonchli deb ayta olamizmi? Afsuski yo‘q!
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda guruh tashkil qilgan holda obunachilar sonini ko‘paytirib olgach, ulardan qurbon sifatida foydalanayotgan firibgarlar ham ko‘payib qoldi. Birinchi galda, ular obunachiga tanlangan mol uchun avvaldan pul to‘lash lozimligini tushuntiradilar…
Batafsil videoda
O‘zA