Xabaringiz bor, joriy yil 24 avgustda Prezidentimizning “Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 dekabrdan chorvachilik xo‘jaliklari o‘z ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘ini Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi kafolati asosida 180 kun ichida to‘lab berish tizimi joriy etiladi.
2023 yil 1 sentyabrdan 2025 yil 31 dekabrgacha davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
Shuningdek, parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 15 ming so‘mini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
O‘zA