Mamlakatimizda 5 ming 775 baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. 63 ming gektar sun’iy suv havzasida 5,6 ming, 537 ming gektar tabiiy suv havzasida 175 xo‘jalik baliq yetishtirmoqda.

Mazkur xo‘jaliklar tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida 228 milliard so‘mlik 88 baliqchilik loyihasi ishga tushirilib, 950 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Bu raqamlarni AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekbaliqsanoati” uyushmasi axborot xizmati rahbari Zilola Ro‘ziyeva qayd etdi.

Baliq zaxirasini shakllantirish, lichinka va chavoq yetishtirish hajmini oshirish maqsadida sig‘imi 390 million dona bo‘lgan 7 ta inkubatsiya sexi hamda 100 gektar reproduktor havza barpo etildi.

2023 yil yakunigacha baliq yetishtirish hajmini 650 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Sh. Mamaturopova, O‘zA