Talabalar teatr-studiyalari festivali

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Yoshlar – kelajak bunyodkori!” shiori ostida talabalar teatr-studiyalari festivalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yozuvchilar ushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi talabalar teatr-studiyalari madaniyat va san’at sohasidagi o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining “Jayhun” teatr studiyasi “Umrning to‘rt kuni” sahna asari bilan “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi va festivalning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

 

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA