Joriy yilning 31 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 321-sonli qarorga ko‘ra, endilikda fuqarolarimiz avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini yashash xonadonidan chiqmagan holda olishlari mumkin bo‘ladi.
Bu haqda batafsil IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi Dilnoza Rajabova O‘zAga ma’lumot berdi.
Videolavhani O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
O‘zA