FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda. Jarayonda kam ta’minlangan oilalar turar-joylarini qayta qurish, ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
Tuman hududidagi 1 ming 856 ta uyning tom qismini ta’mirlab berish, 12 ta uyni qaytadan qurish ishlari belgilangan bo‘lib, buning uchun byudjet mablag‘laridan 26 milliard so‘m ajratilgan.
Ayni kunlarda tumanda yashash joylari yaroqsiz ahvolga kelib qolgan oilalarning uylarini qayta qurish va ta’mirlash ishlari qizg‘in olib borilayotir.
Qurilish-ta’mirlash ishlari “Jumurtov texta’mir servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA