“O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik normalarini modernizatsiya qilish” hamkorlik loyihasi doirasida Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Koreya Qurilish muhandisligi va qurilish texnologiya instituti rahbariyati, malakali ekspertlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida Koreya delegatsiyasi tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot tinglandi. Hamkorlikdagi loyihani yanada jadallashtirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Shu bilan birga loyiha doirasida kelgusi bosqichlarda amalga oshiriladigan vazifalar muhokama qilindi. Xususan, har hafta videokonferensaloqa orqali koreyalik va o‘zbekistonlik ekspertlar o‘zaro hamkorlikda shaharsozlik normalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha onlayn muloqot tashkil etishlari belgilandi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA