AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Azimjon Anorboyev muhim ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, mavsumda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha fermerlar va agroklasterlar rahbarlariga 200 ga yaqin ko‘rgazmali amaliy-o‘quv seminar tashkil etildi.

143 nafar mutaxassis, 67 nafar ilmiy xodim, fermer va dehqon xo‘jaliklarining 512 nafar vakili, jami 722 nafar xodimning malakasi oshirildi.

Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida Italiya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Qirg‘iziston kabi mamlakatlarda xodimlarning malaka oshirilishi ta’minlandi.

Pestitsid va agroximikatlarni sinovlardan o‘tkazish yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar haqida qo‘llanma ishlab chiqildi. “Karantin xizmati − dehqonga ko‘makchi” loyihasi doirasida yer egalari va tomorqa yer egalari ishtirokida har hafta onlayn “erkin muloqot” olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida Italiya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Qirg‘iziston kabi mamlakatlarda xodimlarning malaka oshirilishi ta’minlandi.

Eksport va import jarayonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining fitosanitar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro talablar asosida qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

Institut olimlari o‘simliklarni xavfsiz, samarali himoya qilish yo‘nalishida o‘z ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.

 

Sh. Mamaturopova,  

O‘zA