Qo‘mita bosh kotibi Oybek Qosimov boshqa musobaqalar haqida ham to‘xtalib o‘tdi

Toshkent shahri 2025 yilda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Buning uchun “Toshkent—2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi tashkil etilgan. Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda uning doirasida ko‘rgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish qo‘mitaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov mana shu musobaqa mezbonligiga tayyorgarlik qanday olib borilayotgani, shuningdek, Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi sport turlari va sportchilar soni, delegatsiyaning oldiga qo‘yiladigan vazifalar hamda boshqa savollarga javob berdi.

Intervyuni to‘liq O‘zAning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Farrux Xudoyorov, Nishonboy Abduvoitov