AQSH sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens sobiq rahbari Donald Trampga qarshi 2021 yil Kapitoliyni egallashga urinish bo‘yicha qo‘yilayotgan ayblovni qo‘llab-quvvatladi.

“Kimki o‘zini Konstitutsiyadan ustun qo‘ysa, hech qachon AQSH Prezidenti bo‘lishi kerak emas. Mamlakatimiz bir kishidan ko‘ra muhimroq, Konstitutsiyamiz kimningdir karerasidan yuqori turadi. 6 yanvar kuni sobiq Prezident Tramp mendan yo uni yo Konstitutsiyani tanlashimni talab qildi: men Konstitutsiyani tanladim va har doim shunday yo‘l tutaman”, – deb yozdi Pens ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, Trampga qo‘yilayotgan yangi ayblov mamlakatda qonun ustuvorligi barchasidan muhimligini anglatadi. Pens ham Tramp kabi 2024 yil Prezident saylovida respublikachilar tomonidan nomzodini ko‘rsatmoqchi. U ovoz beruvchilarni har doim Konstitutsiya doirasida himoya qilishga va’da bermoqda.

 

O‘zA