Nigeriya Prezidenti Bola Ahmad Tinubu mamlakat fuqarolariga 200 ming tonnadan ziyod bug‘doyni tarqatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Avvalroq mamlakat shimoli-sharqidagi Adamav shtati ma’muriyati don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayotgan xususiy hamda davlat omborlari yuzlab talonchilar hujumiga uchragani haqida xabar tarqatgan edi. Shtatda komendantlik soati e’lon qilingan.  

Shuningdek, hukumat o‘ta qiyin ahvolda qolgan talabalarga pul, oziq-ovqat berish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.

“Channels TV” xabar berishicha, o‘tgan oy Nigeriyada yoqilg‘ini subsidiyalash tartibi bekor qilinishi natijasida benzin to‘rt barobar qimmatlashgan, oziq-ovqat narxi ham keskin ko‘tarilgan.

 

O‘zA