Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar intstituti ekspertlari tomonidan Olx.uz platformasida II chorakda taklif etilgan uy-joy narxi 115 hudud bo‘yicha guruhlarga bo‘lindi.

Bunda interfaol veb-sahifada joylashtirilgan 432 893 e’lon to‘planib, uy-joy kvadrat metri narxi bo‘yicha 10 ta guruhga ajratildi.

Eng arzon (kvadrat metr uchun 390 dollar) hududlar birinchi guruhga va mos ravishda eng qimmat (1251,69 dollar) hududlar o‘ninchi guruhga kiritildi. 2023 yil II chorakda Toshkent shahri eng baland narxga ega bo‘ldi va segmentatsiya bo‘yicha o‘ninchi, eng yuqori guruhga kirdi.

Samarqand shahri 753,03 dollar bilan 6-chi guruhda qayd etildi.

Namangan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari o‘rtacha past narx bilan 2 guruhdan o‘rin oldi. Kvadrat metr uchun eng past narx Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi.

O‘zA