Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar “Mercury Group” xalqaro xaridlar yetakchisi, Dubay “WAHAH TRADE” MCHJ rahbari Don In hamda “Mercury Group” boshqarma boshlig‘i Guan Vey Vey bilan uchrashdi.

Unda ipak mahsulotlari eksport hajmini oshirish va pillachilikda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, joriy yilning 11 iyul kuni davlatimiz rahbari raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Xitoydan yangi investitsion loyihalarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, pillachilik tarmog‘ida XXR bilan hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda va bu sohaning har jabhasida o‘z samarasini bermoqda.

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA