“Ibn Sino” jamoat fondiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 6 yanvarda qabul qilingan farmoni, so‘nggi 5 yilda mamlakatimizning 8 ta va xorijiy 15 ta mukofotga sazovor bo‘ldi.

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Sayid Ibrohimning 2022-yil 14-15-sentyabr kunlari Oʻzbekistonga va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevningjoriy yil 18-iyunda Eronga amalgaoshirgan ikki tomonlama rasmiy tashriflari davomida qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar qabul qilindi, Oʻzbekiston-Eron oʻrtasidagi munosabatlar va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Jumladan, 2022-yilda Samarqandda Oʻzbekistonning “Ibn Sino” jamoat fondi va Eronning Abu Ali ibn Sino  nomidagi ilmiy-madaniy jamgʻarmasi oʻrtasida   hamkorlik  memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandumda birgalikda Abu Ali ibn Sino asarlari va merosini oʻrganish, ikki mamlakat hududida keng koʻlamli tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston va Eron xalqaro ilmiy-madaniy hamkorlik qilish koʻzda tutilgan.

Oʻz navbatida, “Ibn Sino” jamoat fondi xalqaro maydonda Oʻzbekistonning siyosiy imijini yanada targʻib qilish, ilmiy tadqiqot institutlari va eronlik olimlar oʻrtasida ishbilarmonlik, ilmiy  , kutubxonalardan, asl qoʻlyozmalardan foydalanish, nusxa olish, lingvistika tarjimalari va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkillashtirish, Abu Ali ibn Sino shaxsiyati va merosi, uning dafn qilingan joyi toʻgʻrisida hujjatli film suratga olish maqsadida Eronga birinchi ilmiy ekspeditsiyani tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

Unga koʻra, fond tomonidan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Madaniy merosa agentligi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari hamda  MTRK vakillaridan  iborat guruh shakllantirildi.

Birinchi ilmiy ekspeditsiya “Ibn Sino” jamoat fondi, Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkillashtirildi.

Joriy yilning 14-iyul kuni mamlakatimizning rasmiy delegatsiyasi Tehronga uchib ketdi. Delegatsiya aʼzolarini Tehrondagi Imom Xomeyn nomidagi aeroportda mamlakatimizning Erondagi elchisi B. Abdullayev va Eronning Abu Ali ibn Sino nomidagi Ilmiy-madaniy jamgʻarma vakillari kutib olishdi.

Dastlab Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi elchixonasida amaliy uchrashuv tashkil etildi. Unda Abu Ali ibn Sinoning boy ilmiy-madaniy merosini oʻrganish boʻyicha birinchi ilmiy ekspeditsiyani tashkillashtirish va oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

Shundan soʻng  delegatsiya aʼzolari Eron Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi. Bu yerda davra suhbati boʻlib oʻtdi. Mamlakatimiz delegatsiyasi noyob va asl qoʻlyozmalar saqlanadigan maxsus kutubxona boʻlimi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, tashrif doirasida ilmiy xodimlar Isfaxon universitetida ham boʻldi. U yerda universitet rahbariyati va mutaxassislari, Eron Tashqi ishlar vazirligi vakillari, Ibn Sino merosini oʻrganuvchi olimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Isfaxon universitetiga “Ibn Sino” jamoat fondining Abu Ali ibn Sino mukofoti va esdalik sovgʻasi topshirildi. Eron Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Isfaxon shahrining tarixiy diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.

Shuningdek, tashrif doirasida delegatsiya vakillari Abu Ali ibn Sino nomidagi Hamadon universiteti, Madaniy meros markazi hamda Abu Ali ibn Sino dafn etilgan majmuada ham boʻldilar. U yerda buyuk alloma haqiga Qurʼon tilovat qilindi.

Shundan soʻng mazkur majmua hududida joylashgan muzey, kutubxona va Eron jamgʻarmasi bilan tanishildi.

Ekspeditsiya doirasida Ali ibn Sino nomidagi ilmiy-madaniy jamgʻarmaga tashrif ham tashkillashtirildi. Unda birinchi ekspeditsiyaning faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlik istiqbollari belgilandi.

Qayd etish joizki, Ekspeditsiya ishi doirasida MTRK jurnalistlari tomonidan 12 soatlik foto va video materiallar suratga olindi. “Oʻzbekiston tarixi” davlat telekanalida Eronda tashkil etilgan har bir tadbir boʻyicha “NoComment” va   “Mobilreportaj” formatlarida 17 ta mavzuga oid video material tayyorlanib, efirga uzatildi. Ekspeditsiyamiz faoliyati Eron  OAV da ham keng yoritildi.

“Ibn Sino” jamoat fondi Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida “Abu Ali ibn Sino va Sivilizatsiya” mavzuida XII xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni oʻtkazish tashabbusi bilan chiqdi. Oʻz navbatida eronlik mutaxassislar ushbu yirik uchrashuvga katta qiziqish bildirishdi.

N.Mahmudov,  

“Ibn Sino” jamoat fondi raisi