Amerika Qo‘shma Shtatlari Senati mudofaa xarajati uchun 880 milliard dollarlik qonun loyihasini ma’qulladi. Kongress Vakillar palatasida taklif qilingan asl nusxadan farq qiluvchi versiya qabul qilindi, deb xabar berdi “C-SPAN”. Vakillar palatasi va Senat versiyalari o‘rtasida bir nechta tafovut bor.

Ayni ziddiyat loyiha Prezident Jo Baydenga imzolash uchun yuborilishidan oldin kelishuv komissiyasi tomonidan hal qilinishi kerak.

Mudofaa byudjeti Ukrainaga “ATACMS” tezkor-taktik raketa tizimi uchun 80 million, shuningdek, Xavfsizlik tashabbusi orqali yordam sifatida 300 million dollar ajratadi.

Avvalroq Senat mudofaa byudjetiga Kiyevga harbiy yordamni cheklash bo‘yicha tuzatish kiritishni qo‘llab-quvvatlamagan edi.