Yer qanday paydo bo‘lgan? Sayyorada hayot qachon shakllangan? Dinozavrlar davri haqiqatmi? Eng qadimiy dinozavrning suyaklari qayerda topilgani, afsonaviy hayvonlarning nomi qanday tarjima qilinishi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak. “Makon va zamon” dasturining bu galgi sonida Yer sayyorasida hayot qachon va qanday paydo bo‘lganligi, shuningdek, dinozavrlar davri evolyutsiyasi haqida ayrim ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Yerda hayotning paydo bo‘lish vaqti — evolyutsiyaning eng hayajonli lahzalaridan biri. Evolyutsiya nazariyasi ko‘ra Yer sayyorasida hayvonot olami bundan 500 million yil oldin, ya’ni kurrai zaminning yuza qismi qurib, okeanlar tarkib topgandan keyingina paydo bo‘lgan. Aksar olimlar hayot okeanda dunyoga kelgan deb taxmin qilishadi. Shundan keyin quruqlikda ajabtovur, baliqqa o‘xshash maxluqlar sudralib yura boshlagan.

Dastlab ularning harakati juda g‘ayrioddiy edi, sababi ularning oyog‘i yo‘q bo‘lib, uzoq davr suzgichlaridan oyoq o‘rnida foydalanishgan. Rivojlanish evolyutsiyasidan keyingina bu maxluqotlarning suzgichlari oyoqqa aylangan. Avvaliga ular o‘z tuxumlarini suvga qo‘yardilar va bu tuxumlardan yangi nasllar ochib chiqardi. Ajdodi baliqqa o‘xshagan bu jonivorlar asta-sekin yurishni o‘rganib, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlarga aylanadi.

Yerda 100 milliondan ortiqroq yil yashagan sudralib yuruvchilarning ayrimlari tanasida pat paydo bo‘lgan, old qo‘llari qanotga aylangan. Bir necha muddat o‘tgach, ular parvoz qilishni ham o‘rganishgan.

Ko‘rsatuvning 1-qismini O‘zAning “YouTube” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Internet materiallari asosida O‘.Alimov tayyorladi.

Videomuhandis D.Yoqubov, O‘zA