O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 395-son qaroriga muvofiq, OTMlarga kirishda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.

Bunda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriatiga o‘qishga kirishda IELTS (International English Language Testing System)  sertifikatiga ega abituriyentlar “writing”  modulidan kamida 5,5 ballga ega bo‘lishi lozimligi qayd etilgan.

Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, B2 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga istisno tariqasida yozish ko‘nikmasi bo‘yicha ularning balidan qat’i nazar ingliz tili fanidan maksimal ball berilishi belgilab qo‘yildi.

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA