AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Pekinga tashrifi chog‘ida Xitoy rasmiylari Amerika tomoni bilan “ayrim aniq masalalar bo‘yicha ilgari siljish”ga erishdi. Bu haqda XXR Raisi Si Szinpin ma’lum qildi.

Mamlakat yetakchisi, shuningdek, Xitoy rasmiylari AQSHga tashrif chog‘ida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha pozitsiyasini aniq bildirganini ta’kidladi.

Davlat rahbari “Xitoy Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi rahbari, Siyosiy byuro a’zosi Van I va Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Szin Ganning Blinken bilan uchrashuvi samimiy o‘tgani va chuqur ma’no kasb etganini” ham qayd etdi.

– XXR o‘z pozitsiyasini aniq aytdi, har ikki tomon AQSH Prezidenti Jo Bayden va men Indoneziyaning Bali orolida erishgan kelishuvlarga asoslanib, harakatni davom ettirishga ahdlashdi, dedi u.

Avvalroq Blinken va Gan uchrashuvida, xususan, Tayvan masalasi muhokama qilingani aytilgandi. Bunda Pekin Vashingtonga “yagona Xitoy” tamoyiliga amal qilish zarurigini eslatgan.

Si Szinpin ta’kidlaganidek, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik hamisha o‘zaro hurmat va samimiylikka asoslangan bo‘lishi kerak.

“Umid qilamanki, siz ushbu tashrif chog‘ida Xitoy – AQSH munosabatini barqarorlashtirishga hissa qo‘sha oldingiz”, degan Xitoy rahbari suhbatdoshiga qarata.

O‘zA