Yaponiya hukumati bugun ikkita ballistik raketa uchirilishi munosabati bilan Shimoliy Koreyaga norozilik bildirdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Kimi Onoda ma’lum qildi.
“KXDRning ayni hatti-harakatiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, bu Yaponiya tinchligi va xavfsizligiga tahdid soladi”, deya ta’kidladi u.
Norozilik notasi Pekindagi elchixona orqali Shimoliy Koreyaga yetkazildi.
Vazir o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, KXDR raketalari Yapon dengizining Isikava muzofoti yaqinidagi qismiga, kunchiqar yurtning inklyuziv iqtisodiy hududiga tushgan.
“Ryonxap” Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari Shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, KXDR tomonidan raketa uchirilganini tasdiqladi.
“Shimoliy Koreya Sunan tumanidan Yapon dengizi tomon qisqa masofa uchadigan ikkita ballistik raketa uchirdi”, deyiladi agentlik xabarida.
Shu kunning o‘zida KXDR Mudofaa vazirligi vakili AQSH va Koreya Respublikasi tomonidan bildirilgan “turli ig‘volar”ga Xalq Respublikasi Qurolli kuchlari kerakli javobni beradi, mazmunidagi xabarni tarqatdi.