Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra,15 iyun Mirzo Ulug‘bek tumani “Oliy Himmat” MFYda joylashgan uylarning birida qurilish maqsadida qazish ishlari olib borilgan. Shu vaqtda uyning bir qismi buzilgan va qulagan devor ostida 2 yoshli qizaloq qolib ketgan.

Bu bo‘yicha Toshkent shahar FVBga tashvishli xabar kelib tushgan. Zudlik bilan voqea joyiga qutqaruvchilar yetib borib, qizaloqni olib chiqishgan va zaruriy tibbiy yordam uchun shifokorlarga topshirgan.

Xabarda qayd etilishicha, hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

O‘zA