“Anadolu” xabariga ko‘ra, Turkiyaning “Medipol Mega” universiteti klinikasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘rtasida “Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalar ishlab chiqish” to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

“Medipol Mega” Ortopediya va travmatologiya bo‘limi mudiri Ibrohim Azboy fikricha, kelishuv ilmiy xodimlar, talabalar almashinuvi dasturi, qo‘shma ilmiy loyiha, texnologiya va axborot almashinuvi kabi ko‘plab tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradi.

Turk delegatsiyasining ikki kunlik tashrifi davomida shifokor Mehmet Bulut yurtimizda 50 nafar bemor – katta yoshlilar va bolalarni ko‘rikdan o‘tkazdi.

O‘zA