Gretsiyaning Mora yarim oroli yaqinida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan baliqchilar qayig‘i ag‘darilib ketishi natijasida 59 kishi nobud bo‘ldi.
Mahalliy matbuot yozishicha, hodisa Navarino qal’asi joylashgan, xalqaro ahamiyatga molik hududda sodir bo‘lgan. Fojia sababi hozircha noma’lum.
Qutqaruvchilar yuzdan ziyod odamni qirg‘oqqa olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Jabrlanganlar Kalamata portiga yetkazilgan.
Fojia yuz bergan joyda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti.
Liviyadan Italiyaga ketayotgan qayiq sahnida qancha noqonuniy muhojir bo‘lgani hali aniqlanmagan.
Darvoqe, 14 iyun kuni ertalab Krit qirg‘og‘i yaqinida 80 nafar noqonuniy muhojir ham qutqarilgan.
O‘zA