Armaniston parlamentining Xalqaro aloqalar bo‘yicha doimiy qo‘mitasi raisi Sargis Xandanyan fikricha, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning 2020 yil harbiy amaliyot natijasida Ozarbayjon nazoratiga o‘tgan Shusha shahrida bosh konsulxona ochish niyati haqidagi bayonoti Janubiy Kavkazda barqarorlik va tinchlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shmaydi.
“Bunday harakat, bayonotlar, agar amalga oshsa, samarasizdir va hech qanday foyda keltirmaydi.
Parlamentariy so‘zlariga ko‘ra, ayni qadam tinchlik va barqarorlikka hissa qo‘shmaydi, faqat xavotir uyg‘otadi.
Erdog‘an 13 iyun kuni tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘lgan chog‘ida Anqara Shusha shahrida bosh konsulxona ochishga tayyorligini aytgan edi.
O‘zA