Ukraina Xitoyning “yadro soyaboni” ostida, tomonlar bu borada hamkorlik qilishga shartlashib olgan, deya bayonot berdi Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida.
“Ukraina “yadro soyaboni” ostida himoyalanganmi?”, degan savolga kun chiqar yurt hukumati boshlig‘i “Xitoy bilan Ukrainaning samarali hamkorlik bo‘yicha shartnomasi borligi menga ma’lum”, mazmunida javob bergan.
Kisida ta’kidlashicha, Ukrainaga yadro quroli ishlatilgan holda bostirib kirilsa yoki shunday tahdid paydo bo‘lsa, Xitoy Ukraina xavfsizligini kafolatlashga rozi bo‘lgan.
Avvalroq Xitoyning Yevrosiyo ishlari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuey XXR Ukraina mojarosi sababini aniqlashga chaqirayotgan Yevropa mamlakatlari qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qilib, urushni to‘xtatish yo‘llari shundan kelib chiqib qidirilishi kerakligini aytgan edi.