“Tashkent city”dagi “Congress Hall” majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi davom etmoqda.
Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev beshta strategik maqsaddan iborat saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda.
– Endi, har bir mahallada professional ijtimoiy xodimlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va ular ijtimoiy xizmatlarni manzilli asosda ko‘rsatadi. Og‘ir hayotiy ahvolga tushgan yoki tushish xavfi yuqori bo‘lgan har bir oila bo‘yicha alohida “ijtimoiy xizmat ishi” ochiladi. Ushbu oilalarda sharoitni yaxshilash, ularga davolash, dorilarni yetkazish, farzandlarini bog‘cha va maktabga joylashtirish, moddiy yordam berish kabi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Og‘irroq vaziyatdagi oilalarga psixologik yordam ham beriladi. Bunday oilalarning hayot sifati amalda yaxshi tomonga o‘zgargandan keyingina, “ijtimoiy xizmat ishi” yopiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zA