Oziq-ovqat bo‘yicha kelishuv taqdiri muhokamasi texnik darajada 18 maygacha boshlanadi, dedi BMT bosh kotibi matbuot xizmati rahbari Stefan Dyujarrik. “18 mayda uchrashuv belgilanganmi, chunki kelishuvning amal qilishi 18 mayda tugaydi”, deb berilgan savolga Dyujarrik “muhokama 18 maygacha davom etishidan umidvormiz”, – deb javob bergan.
Qora dengiz don kelishuvi 2022 yil 22 iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan edi. Rossiya 2023 yil 18 martda kelishuv muddatini yana 60 kunga, ya’ni 18 maygacha uzaytirgan. Ukraina esa kelishuvni 120 kunga uzaytirishni so‘ramoqda.