Davlatimiz rahbari Shayxontohur tumanidagi nodavlat ta’lim muassasasini borib ko‘rdi.

Ming o‘rinli bu maktab ingliz tili, sharq tillari va aniq fanlarni o‘rgatishga ixtisoslashgan. Muassasada o‘quv va kompyuter xonalari, STEM laboratoriyasi, kutubxona, oshxona, sport zali, basseyn mavjud.

Maktabdagi o‘quv va mashg‘ulotlar mamlakatimizda yoshlarni kamida ikkita xorijiy til va bitta hunarga o‘rgatish talabiga mos. Maxsus jihozlangan xonalarda o‘quvchilar tikuvchilik, duradgorlik, kompyuter sirlarini o‘rganmoqda. Yoshlarning qiziqishlariga mos turli to‘garaklar ham tashkil etilgan.

Prezidentimiz ushbu maktab tajribasi asosida kichik hududda ko‘p o‘quvchi o‘rinlarini yaratish, nodavlat maktablarda ta’lim sifatini nazorat qilish muhimligini ta’kidladi.

O‘quvchilar bilan muloqotda bilim eng yaxshi investitsiya ekani, davlat yoshlarning zo‘r mutaxassis bo‘lib, kelajakda yo‘lini topishi uchun barcha sharoitlarni yaratishi qayd etildi.