Mutasaddilar o‘qishni yoki imkoniyatlardan foydalanishni bilmaydi

Mamlakatimizda doimiy ish bilan band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlash maqsadida, pul to‘lash orqali ularni obodonlashtirish ishlariga jalb qilish maqsadida Jamoat ishlarini tashkil etish jamg‘armasi tuzilgan edi. 

Ammo turli darajadagi amaldorlar shuncha imkoniyat yaratilganiga qaramasdan, tahdid qilish orqali byudjet tashkiloti ishchilarini majburiy ishlatishni tizimga aylantirib olgan. Birgina 2018 yil uchun ishsiz aholini jamoat ishlariga jalb qilish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 714 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Birinchi chorak uchun 140 milliard mablag‘ ajratilishiga qaramasdan shu kungacha 40 milliard mablag‘ ishlatilgan. Bu nimadan dalolat, mutasaddilar o‘qishni yoki imkoniyatlardan foydalana olmasligini anglatadi.

 

O‘zA