“Kazinform” agentligining xabar berishicha, joriy yilning iyul oyidan boshlab Qozog‘istonda to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tiladi.

1 iyuldan kuchga kiradigan Mehnat kodeksiga “Qozog‘iston Respublikasi ijtimoiy ta’minot masalalari bo‘yicha qator qonunchilik aktlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga binoan kuchga kiradi.

Qayd etilishicha, mazkur o‘zgartishlar to‘rt kunlik ish haftasi konsepsiyasini joriy etishni nazarda tutadi va u tomonlarning kelishuviga binoan o‘rnatilishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, mamlakatda besh va olti kunlik ish haftalari saqlanib qoladi. Umumiy dam olish kuni yakshanbaga to‘g‘ri keladi, qolgan dam olish kunlari jamoa shartnomasida va mehnat qoidalariga ko‘ra belgilanadi.

 O‘zA