Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” o‘yingohida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “Womenʼs Olympic Football Tournament Paris 2024” turniri doirasida Iordaniyaga qarshi bahs olib bordi.

Avvalroq terma jamoamiz qizlari Butan jamoasini 9:0 hisobida, Timor Leste jamoasini 3:0 hisobida yenggan edi.

Iordaniyaga qarshi uchrashuvning ilk daqiqalarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Umida Zoirova hisobni ochdi.

Terma jamoamiz ustunligida o‘tgan o‘yin 7:0 hisobida qizlarimizning g‘alabasi bilan yakunlandi.

N.Rahmonova, O‘zA