Xabar berganimizdek, shu kunlarda Mo‘g‘ulistonda xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionati bahslari davom etmoqda.
Osiyoning oltita davlatidan jamoalar ishtirok etayotgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2-tur o‘yinidan so‘ng peshqadamga aylandi.
Ortda qolgan tur o‘yinida vakillarimiz Eron terma jamoasini 14:1 hisobida mag‘lub etdi. Shu tarzda 6 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan yosh xokkeychilarimiz shaybalar nisbatiga ko‘ra, peshqadamlik qilmoqda.
Bugun, 13 mart kuni chempionat nizomiga binoan musobaqada dam olish kuni etib belgilangan.
Ertaga, 14 mart kuni o‘tkaziladigan 3-turda hamyurtlarimiz chempionatda 2-o‘rinda borayotgan mo‘g‘ulistonlik xokkeychilarga qarshi bahs olib boradi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA