Kiyevda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “DW” agentligi.

Yetakchilar 18 martdan keyin “don kelishuvi”ni uzaytirish muhimligi haqida kelishib olishdi. Ular kelishuvni “dunyo uchun ham muhim”, deb e’tirof etishdi.

Bitim BMT, Turkiya, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, u 2022 yil iyul oyida qabul qilingan. Mazkur bitimning amal qilish muddati 18 mart kuni tugaydi.

“Ukraina va Rossiya oziq-ovqat mahsulotlari va mineral o‘g‘itlarning eksporti ularning global xavfsizligi va narxlarining oshishining oldini olishga xizmat qiladi”, dedi Guterrish.

Bosh kotib xalqaro tashkilot “BMT Nizomi, xalqaro huquq va yaqinda Bosh Assambleyaning ziddiyat boshlanganining bir yilligi munosabati bilan qabul qilingan rezolyutsiyasi asosida adolatli tinchlikka erishish uchun butun sa’y-harakatlarni amalga oshiradi”, dedi.

“BMT Ukrainadagi millionlab kishilarga zarur gumanitar yordamni yetkazib berish ishini davom ettiradi”, deb ishontirdi.

 

O‘zA