Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-14, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi  10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi  tumanlarda  qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi 11-16, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti vaqti yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

7-9 mart kunlari respublikamizning ba’zi joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida shamolning tezligi sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin.

8-10 mart kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

7-10 mart kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

O‘zA