Joriy yilning 13-15 mart kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi.

Tashrif davomida  Folker Tyurkning Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Shuningdek, oliy komissar Oliy sud raisi, Bosh prokuror, Ichki ishlar va Adliya vazirlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Tashrifning ikkinchi kunida Folker Tyurk Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safar qilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinboyev bilan uchrashadi, Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida bo‘ladi hamda qator tadbirlarda ishtirok etadi.

Oliy komissar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Norbayeva bilan uchrashib, O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashish ham tashrif rejasida bor.


Shuhrat Ne’matov, O‘zA