Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Qo‘ng‘irot tumanidagi yordamga muhtoj bo‘lgan 10 nafar xotin-qizga yangi uyning kalitini topshirdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar” ga kiritilgan muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Qo‘ng‘irot tumanidagi yordamga muhtoj bo‘lgan 10 nafar xotin-qizga yangi uylarning berilishi buning yaqqol isbotidir. Zamon talablariga mos holda qurilgan yangi uyda barcha sharoitlar yaratilgan.

Yangi uyning kalitini qabul qilib olgan xotin-qizlar aholining kam ta’minlangan, yordamga muhtoj qatlamiga ko‘rsatayotgan alohida e’tibori hamda g‘amxo‘rligi uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.


Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri